Ommaviy Oferta
Oxirgi yangilanish: 22.12.2025
MEHMONXONA XIZMATLARIDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA OFERTA SHARTNOMASI
1. Umumiy qoidalar
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti mehmonxonasi (keyingi o‘rinlarda – Mehmonxona) tomonidan menejerlik kurslari, malaka oshirish, qayta tayyorlash kurslariga yoki boshqa masalalarda kelgan mehmonlarga (keyingi o‘rinlarda – mehmonlar) vaqtincha yashash xizmatlarini taklif etishni ifoda etadi.
Oferta ochiq va ommaviy bo‘lib, barcha foydalanuvchilar uchun elektron tarzda kirish imkoni yaratilgan.
Mehmonxona ushbu ofertani bir tomonlama yangilash huquqiga ega, yangilangan versiya tjj.mttmoi.uz elektron platformasida joylashtirilgan paytdan kuchga kiradi.
Mazkur hujjat ommaviy oferta hisoblanadi va aksept (qabul) qilingan paytdan boshlab mehmonlar bilan mehmonxona o‘rtasida fuqarolik-huquqiy munosabatlar vujudga keladi.
2. Aksept va shartnomaning kuchga kirishi
Mehmonlar “Men oferta shartlari bilan tanishdim va roziman” chekboksini belgilash orqali ofertani aksept qilgan deb hisoblanadi.
Elektron aksept amalga oshirilgan paytda avtomatik ravishda shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Elektron aksept orqali tuzilgan shartnoma elektron arxivda 6 oy saqlanadi.
3. Shartnomaning predmeti
Mehmonxona mehmonlarga vaqtincha yashash, dam olish va maishiy sharoit yaratish xizmatlarini ko‘rsatadi.
Xizmatlar Mehmonxona yoki mehmonlar bilan kelishilgan muddatga beriladi.
Xizmat ko‘rsatish doirasiga xonani ajratish, kommunal sharoitlar, sanitar-gigiena xizmatlari, tozalikni ta’minlash, umumiy maydonlardan foydalanish kiradi.
- Chek in: soat 14:00;
- Chek out: soat 12:00.
Mehmonni yo‘qlab kelgan shaxslar soat 9:00 dan 21:00 ga qadar faqat ma’muriyatga shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan holda 30 daqiqaga kirishlari mumkin.
4. Xizmat turlari va to‘lov shartlari
Asosiy xizmatlar: xonalarda yashash, tozalik, gigiena vositalari (sovun va shampun), choyshab, suv, yorug‘lik, issiqlikdan foydalanish.
Qo‘shimcha xizmatlar (alohida to‘lov asosida): kir yuvish, Wi-Fi, kseroks, seyf xizmati, ovqatlanish, transport xizmati.
To‘lov Click, Payme, bank ilovalari va bank orqali amalga oshiriladi, to‘lov amalga oshirilgan paytdan oferta qabul qilingan deb hisoblanadi.
Har bir to‘lov uchun kvitansiya shakllantiriladi, xizmat bekor qilinsa, to‘lov qaytarilmaydi.
5. Mehmonlarning huquq va majburiyatlari
Huquqlari:
- Xizmatlardan foydalanish, shikoyat yuborish, ma’lumotlar himoyasi kafolati;
- Institut tomonidan belgilangan ta’lim dasturi doirasida bilim olish va o‘quv jarayonida faol ishtirok etish;
- Institutning moddiy-texnika va axborot resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish;
- O‘quv jarayonini sifatli tashkil etish, tinglovchilarning huquq va manfaatlari ta’minlanishini talab qilish;
- Ichki tartib qoidalarida belgilangan tartibda taklif va shikoyatlar bilan Institut ma’muriyatiga murojaat etish.
Majburiyatlari:
- Ichki-tartib qoidalarga rioya qilish, boshqalarning huquqlarini buzmaslik, mulkni asrash, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar yoki qonunchilikda taqiqlangan ashyolar va moddalarni olib kirmaslik;
- Mehmonxonaning buyumlariga yetkazilgan moddiy zararni qoplash;
- Xonadan chiqib ketish vaqtida eshik ochish va yopish elektron kartasini Administrator (Reception) ga qoldirish;
- Mehmonxona tartib intizomiga rioya qilib va mehmonxona mulkiy ashyolariga hurmatda bo‘lish, xonalarni ozoda tutish;
- Mehmon yashash vaqtida ma’muriyatni ogohlantirmasdan, o‘rniga boshqa shaxslarni qoldirish (vaqtincha va uzoq muddatga), xonada yong‘in chiqarish xavfi bo‘lgan elektr, gaz va boshqa asbob-uskunalardan foydalanish qat’iyan man etiladi;
- Mehmonxonaga kelgan har bir mehmon yong‘indan saqlanish hamda sanitariya va boshqa qoidalariga rioya qilishlari shart.
Mehmonxona hududi va xonalarida mehmonlar quyidagi talablarga qat’iy amal qilishlari shart:
- Texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
- Mehmonxona xodimlari ruxsatisiz begona shaxslarni xonaga kiritmaslik yoki joylashtirmaslik;
- Ma’naviyat xonasidagi kitob va buyumlarni ruxsatsiz olib chiqmaslik;
- Hojatxonada qog‘oz va chiqindilarni faqat belgilangan joyga tashlash;
- Xonaga ruxsatsiz qo‘lbola yasalgan yoki boshqa elektr jihozlarini olib kelmaslik (telefon, noutbuk, planshet va gadjetlar uchun elektr quvvatlash uskunalari bundan mustasno);
- Xonada kir yuvmaslik va ovqat pishirmaslik;
- Xonada sigaret, nos yoki boshqa giyohvand moddalarni chekmaslik, spirtli ichimliklar iste’mol qilmaslik;
- Xonada karta, qimor yoki tavakkalchi pul o‘yinlarini o‘ynamaslik;
- Boshqa mehmonlarning tinchini buzish, musiqa eshitish yoki shovqin ko‘tarish orqali bezovta qilmaslik;
- Xonalardagi jihoz va texnikalarga shikast yetkazmaslik;
- Xonani o‘zboshimchalik bilan almashtirmaslik, elektron kalitni yo‘qotmaslik yoki boshqa shaxslarga bermaslik;
- Ro‘yxatdan o‘tmagan shaxslarni xonaga kiritmaslik va yashash uchun joylashtirmaslik;
- Institut hududidagi binolar, auditoriyalar, jihozlar, mebel, kompyuter va boshqa moddiy boyliklarga shikast yetkazmaslik, ulardan belgilangan tartibda foydalanish;
- Institut hududida ekilgan gullar, manzarali va mevali daraxtlarni sindirmaslik, shikast yetkazmaslik;
- Hududdagi yashilliklarni saqlash va ozodalikni ta’minlash bo‘yicha belgilangan ekologik talablarga rioya etish;
- Maishiy va o‘quv jarayonida vujudga kelgan chiqindilarni faqat belgilangan maxsus konteyner yoki chiqindi joyiga tashlash;
- Plastik, qog‘oz va boshqa chiqindilarni alohida yig‘ishga oid belgilangan talablarga rioya etish;
- Institut hududida tamaki mahsulotlarini chekish faqat belgilangan maxsus ajratilgan joylarda amalga oshirish;
- O‘quv binolari, auditoriyalar, mehmonxona xonalari va boshqa umumiy joylarda chekish qat’iyan taqiqlanadi;
- Tamakі chekish qoidasi buzilgan taqdirda ichki tartib-qoidalariga muvofiq choralar ko‘rilishi mumkinligi haqida ogoh bo‘lish;
- Elektr energiyasi, suv, issiqlik va boshqa kommunal resurslardan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish;
- Yoritgich uskunalar va boshqa elektr jihozlarini foydalanilmayotgan vaqtda o‘chirish;
- Suvni behuda sarflamaslik, suv oqish holatlarini aniqlaganda mas’ul shaxslarga darhol xabar berish;
- Institutning ichki tartib qoidalariga, pedagog va ma’muriyat talablariga qat’iy rioya etish;
- Hurmat, odob va madaniyat qoidalariga amal qilish, boshqa tinglovchilar, xodimlar va mehmonlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
- Institutning nufuziga putur yetkazadigan hatti-harakatlardan tiyilish;
- Institut mehmonxonasida ayollar va erkaklar uchun alohida qavatlar tashkil etilgan bo‘lib, ayollar erkaklar qavatida, erkaklar ayollar qavatida yurmaslik;
- Xona tozalovchilar xonani tozalayotganda mehmon xonadan chiqib turishi va xona tozalovchi xonani tozalab bo‘lib xonani tark etmaguncha xonaga kirmaslik.
Javobgarlik va jarima choralari
Yuqorida ko‘rsatilgan talablar mehmonxona ichki tartib qoidalarining ajralmas qismi hisoblanadi. Ularning buzilishi mehmon tomonidan shartnoma shartlarini buzish deb hisoblanadi.
Mehmonxona bunday holatlarda quyidagi choralarni qo‘llashga haqli:
- Ogohlantirish yoki xizmatni vaqtincha to‘xtatish;
- Xonani bo‘shatishni talab qilish;
- Yetkazilgan moddiy zararni undirish;
- Shartnoma summasiga nisbatan belgilangan foiz miqdorida jarima qo‘llash.
Jarimalar miqdori mehmonning yashash xizmatlari uchun to‘lagan summasiga mutanosib ravishda belgilanishi mumkin (masalan, 10% dan 50% gacha), bu miqdor buzilishning og‘irligi, takrorlanishi va yetkazilgan zarar hajmiga qarab aniqlanadi.
Jarima qo‘llanilishi, moddiy zararni undirish yoki mehmonni chiqarish to‘g‘risida qaror ma’muriyat tomonidan rasmiy tarzda (dalolatnoma yoki bayonnoma orqali) rasmiylashtiriladi.
Mehmon jarima yoki zararni to‘lamaslik holatida, mehmonxona qonunchilikka muvofiq sud tartibida undirish huquqiga ega.
6. Mehmonxonaning huquq va majburiyatlari
Mehmonxona majburiyatlari:
- Xavfsiz sharoit yaratish, sanitariya talablariga rioya qilish, shikoyatlarga tegishli tartibda javob berish.
Mehmonxona huquqli:
- Ichki tartib buzilganda xizmatni to‘xtatish, moddiy zarar undirish, huquqbuzarlik holatlarida huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish.
7. Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish
Mehmonxona foydalanuvchi ma’lumotlarini O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq himoya qiladi.
Ma’lumotlar faqat xizmat ko‘rsatish maqsadida qayta ishlanadi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Platforma ma’lumotlarni shifrlangan kanal orqali qayta ishlaydi.
8. Javobgarlik
Mehmonxona xizmatlarni lozim darajada ko‘rsatmagan taqdirda, mehmonlar talab qilishi mumkin.
Mehmonlar mulkka zarar yetkazsa, uning qiymatini to‘liq to‘lab beradi.
Shaxsiy buyumlar yo‘qolishi uchun mehmonxona javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
9. Fors-major holatlar
Tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar yoki davlat qarorlari sababli xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan holatlarda tomonlar javobgar bo‘lmaydi.
Xizmat keyingi sanaga ko‘chiriladi yoki kelishilgan boshqa usul bilan amalga oshiriladi.
10. Nizolarni hal etish tartibi
Barcha nizolar o‘zaro muloqot yo‘li bilan hal etiladi.
Agar kelishuvga erishilmasa, nizo tegishli sud tartibida hal etiladi.
Aksept qilingan sana va vaqt serverda saqlanadi.
Shartnoma PDF formatda yuklab olinishi mumkin.
Oferta amal qilish boshlanish sanasi: «18» dekabr 2025 yil