Biz Haqimizda
Biz Haqimizda
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti yotoqxonasi - bu nafaqat qulay turar joyi, balki iliq muhit, yuqori darajadagi xizmat va dam olish uchun yaratilgan zamonaviy maskan.
Bizning yotoqxona institutimiz tinglovchilari, ilmiy izlanuvchilari, maktabgacha va maktab ta'limi vazirligidan turli xil xizmat safari yuzasidan tashrif buyurgan mehmonlar, ilmiy anjumanda ishtirok etuvchilar uchun ochiq va doimiy xizmatga tayyor.
Izoh: ayollar va erkaklar qavati mavjud.
Xonalar va Sharoitlar
Mehmonxonamizda 1 va 2 kishilik turli toifadagi xonalar mavjud. Har bir xona keng, yorug‘ va zamonaviy mebellar bilan jihozlangan bo‘lib, quyidagi imkoniyatlarga ega:
- Bepul yuqori tezlikdagi Wi-Fi;
- Kiyim javoni;
- Yuvinish xonasi;
- Smart televizor;
- Harorati nazorat qilinadigan isitish va sovitish tizimi.
Bizning Maqsadimiz
Biz mehmonlarimiz uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga harakat qilamiz. Xonalar toza va ozoda saqlanadi. Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun sizdan faqatgina OneID tizimi orqali platformaga kirish talab qilinadi.
E'tibor bering! Mehmonxona ichki tartib-qoidalari va xavfsizlik normalari haqida batafsil ma'lumotni oferta sahifasida ko‘rishingiz va yuklab olishingiz mumkin.
E'tibor bering! Mehmonxona ichki tartib-qoidalari va xavfsizlik normalari haqida batafsil ma'lumotni oferta sahifasida ko‘rishingiz va yuklab olishingiz mumkin.