Yagona vatan, yagona xalq
21-sentabr, 2026
Institutda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab, Pedagogika va psixologiya kafedrasi tomonidan “Mustaqillik — milliy g‘urur, erkin fikr va buyuk kelajak manbai” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni institutning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Shuhrat Otaqulov ochib berdi. Tadbir davomida Vatanga muhabbat, xalqimizning birdamligi va milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiq hamda raqslar ijro etildi.
Shuningdek, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor Dilorom Xadjayeva tomonidan Mustaqillikning mazmun-mohiyati, xalqimizning birdamligi va yangi taraqqiyot bosqichidagi ezgu maqsadlar haqida ma’ruza qilindi.
Tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 446-sonli DMTT qoshidagi “Dilnavo” ashula va raqs ansambli, Sergeli tumanidagi 605-sonli DMTT qoshidagi “Qizlarjon” raqs jamoasi hamda musiqa rahbarlari guruhi tinglovchilari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdi.
Tadbir yakunida bolajonlarga institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir Vatanga muhabbat va yurtga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlovchi iliq taassurotlar bilan yakunlandi.