“Ustoz, sizga rahmat!” tanlovini e’lon qilamiz
21-sentabr, 2026
Tanlovda ishtirok etish uchun ustozingizga bag‘ishlangan 1–3 daqiqalik samimiy video tayyorlang va Telegram orqali @Ustoz_sizga_rahmat nikiga yuboring.
Ishtirokchilar tomonidan yuborilgan videolar Institutning Telegram kanalida e’lon qilib boriladi.
Tanlov 5 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:
Eng samimiy tashakkur
Eng ta’sirli hikoya
Eng kreativ video
Ustozga eng yaxshi maktub
Tomoshabinlar e’tirofi
G‘oliblar hakamlar hay’ati bahosi hamda tomoshabinlarning like va reaksiyalari asosida aniqlanadi.
Videoni Instagram sahifangizga joylashtirib, Institut sahifasini belgilashingiz mumkin. Bu qo‘shimcha ustunlik beradi.
G‘oliblar 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kunida e’lon qilinadi hamda Institut tomonidan Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Videolar 30-sentabrgacha qabul qilinadi.
Ustozingizga rahmat ayting —
bu rahmatni minglab insonlar eshitsin!
“USTOZ, SIZGA RAHMAT!”
Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin!