Ustoz — inson hayotidagi eng ezgu iz qoldiradigan, bilim va tarbiya yo‘lini yoritadigan buyuk inson
21-sentabr, 2026
Ustoz — inson hayotidagi eng ezgu iz qoldiradigan, bilim va tarbiya yo‘lini yoritadigan buyuk inson. Ustozning birgina nasihati, bergan bilimi yoki qo‘llab-quvvatlashi inson taqdirida katta o‘rin tutishi mumkin.
Bugun men “Ustoz, sizga rahmat!” tanloviga start beraman!
Barchangizni, xususan, maktabgacha ta’lim tizimining fidoyi xodimlari, Institutimiz professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va ilm yo‘lida izlanayotgan barcha yurtdoshlarimizni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlayman.
Agar siz ham hayotingizda alohida o‘rin tutgan ustozingizga “Sizga rahmat!” demoqchi bo‘lsangiz, bu ayni muddao.
Ustozingizga bag‘ishlangan samimiy videongizni tayyorlang va tanlovda ishtirok eting.
Balki siz aytgan bir og‘iz “rahmat” millionlab ko‘rishlar orqali ustozingizga ham yetib borar. Ustozning mehnati, mehr va fidoyiligini birgalikda e’tirof etaylik!