To‘lov kvitansiyasi endi avtomatik shakllanadi!
28-sentabr, 2026
Hurmatli tinglovchilar! ttj.mdomoi.uz platformasida yotoqxona uchun onlayn ariza topshirib, to‘lovni Payme orqali amalga oshirganingizdan so‘ng, to‘lov kvitansiyasi (xat-patta) tizimda avtomatik shakllanadi — endi kvitansiya olish uchun ma’muriyatga murojaat qilish shart emas.
Kvitansiyada nimalar aks etadi
Kvitansiyada familiyangiz va ismingiz, joylashgan xonangiz raqami va qavati, yashash muddati, to‘lov summasi hamda Payme to‘lov cheki ma’lumotlari avtomatik aks etadi. Kvitansiya raqami ariza raqamingiz bilan bir xil bo‘ladi. Ma’lumotlar to‘lov paytida qayd etiladi va keyinchalik o‘zgartirilmaydi.
Qanday yuklab olinadi
Shakllangan kvitansiyani shaxsiy kabinetingizdagi bronlar ro‘yxatida PDF belgisi orqali istalgan vaqtda yuklab olishingiz mumkin.
Institut ma’muriyati