Rag‘batlantiruvchi muhit — motivatsiyaning muhim omili

Rag‘batlantiruvchi muhit — motivatsiyaning muhim omili

25-sentabr, 2026

Institutda “Maktabgacha ta’lim tashkilotida rag‘batlantiruvchi muhitni tashkil etish va xodimlar motivatsiyasini boshqarish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarni Maktabgacha ta’lim menejmenti kafedrasi katta o‘qituvchisi Rafikova Ziyodaxon olib bordi.

Mashg‘ulot davomida MTTda rag‘batlantiruvchi muhitni shakllantirish, xodimlar motivatsiyasini boshqarish va jamoada samarali ish muhitini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Nazariya amaliy vaziyatlar bilan bog‘landi. Turli ish holatlariga oid keyslar tahlil qilinib, ularda rahbar qanday yo‘l tutishi mumkinligi birgalikda muhokama qilindi.

Ishtirokchilar o‘z qarashlarini bildirib, savol-javob va fikr almashish jarayonida muayyan vaziyatlarga turli nuqtayi nazardan yondashib ko‘rdilar.

Yakunda o‘rganilgan yondashuvlar amaliy topshiriqlar orqali sinab ko‘rildi.

Rag‘batlantirish faqat mukofot berish bilan cheklanmaydi. Xodim o‘z mehnati qadrlanayotganini, vazifasi aniq ekanini va rivojlanish imkoniyatiga ega ekanini his qiladigan muhit ham motivatsiyaning muhim qismidir.

Instagram'dagi asl post

Ulashish

Telegram Facebook WhatsApp